Ispaniya futbol federatsiyasining so‘nggi iqtisodiy va moliyaviy hisobotiga ko‘ra, La Liga klublari o‘tgan mavsumda 4,5 milliard yevro daromad oldi.
Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi, shu bilan birga o‘tgan mavsumdagiga nisbatan 20,6 % ko‘proqni tashkil etadi.
Qayd etish joiz, futbolchilar trasferining 2 baravar oshgani va 1,02 milliard yevroga yetgani (+104,3%), shu bilan birga tijoriy daromadlarning 838 million yevroni tashkil etgani (+34,1%) klublar daromadi o‘sishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, yalpi daromad (EBITDA) 945 million yevro (20,7 foizga o‘sdi), sof foyda esa 189 million yevroni (+6,7 %) tashkil etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)