Olborg—Tronxeym Yevropa avtomagistralining deyarli barcha qismi Norvegiya hududidan o‘tadi. Ushbu mamlakat tashqarisida Skagerrak bo‘g‘ozida parom kechuvi hamda Daniya chegaralarida joylashgan bir yo‘l bor. Bu Norvegiyaning g‘arbiy qirg‘og‘idan o‘tuvchi dunyodagi eng chiroyli magistral yo‘llardan biridir, deb yozadi Travel Ask.

Foto: Travel Ask

Ko‘p sonli fiordlarni kesib o‘tish uchun trassada ko‘priklarning yonida parom kechuvi tarmog‘i bor. Tronxeymda yo‘l bo‘ylab Skandinaviyaning go‘zalligidan bahramand bo‘lish uchun iliq havo kerak. Qishda esa yo‘nalish ko‘p vaqt oladi va qiyinchilikka sabab bo‘ladi.

Foto: Travel Ask

Qishda doimiy qor ko‘chki sabab paromlarning to‘xtab qolishi muammosini hal qilish uchun norvegiyaliklar Kristiansann—Tronxeym yo‘nalishida ulkan tunnel qurmoqchi. Lekin u suv ostidan o‘tadi.

Norvegiya hukumati ushbu 47 milliard dollarlik loyihani tasdiqladi. Hozirda suvosti magistralining birinchi qismi, ya’ni Stavanger va Xyogesunn shaharlarini bog‘lovchi yo‘lda ishlar boshlab yuborilgan. Bu yo‘l dengizdan 390 metr chuqurlikdan o‘tadi. U quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: