Rossiyaning Novosibirsk shahrida svetofor tayanchi izolenta bilan o‘rab, tuzatildi, deb yozadi “Vesti.ru”. “Ta’mirlangan” ustun surati esa ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Foto: VKontakte / Typical Zatulinka

Muallif ushbu suratni ijtimoiy tarmoqda bo‘lishib, “yorilgan ustunni ko‘k izolenta bilan bir umrga bog‘lash” fleshmobini o‘tkazishga chaqirgan.

Foto: “Vesti.ru”

Mahalliy aholi deyarli bir oydan beri xavfli holatda yotgan svetofor tayanchiga mas’ullar e’tiborini qaratishga harakat qilmoqda.