Farg‘ona aeroportida “Tramadol” tabletkalarini olib o‘tishga uringan yo‘lovchi to‘xtatildi
Farg‘ona aeroportida “Yashil yo‘lak” orqali harakatlanayotgan fuqaro N.U. bojxonachilar etiborini tortdi. Bu haqda “Daryo”ga Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Shundan so‘ng uning qo‘l yuklari ko‘zdan kechirilganida xodimlarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, bojxona nazoratidan yashirib olib kirishga urinilgan “Tramadol” tabletkalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar