Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Miss Urugvay—2006” tanlovi g‘olibi Fatima Davila Mexikodagi mehmonxonalarning biridan o‘lik holda topildi, deb xabar berdi Russia Today.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Qayd etilishicha, Davilaning jasadi vannaxonadan topilgan. El Universal nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ayol Meksika poytaxtiga ish topish maqsadida aprel oyining ikkinchi yarmida kelgan edi.

Avvalroq “Yosh koinot go‘zali—2017” tanlovining sobiq g‘olibi Lotte Van Der Zi 20 yoshga to‘lishi arafasida yurak xurujidan, Missis World unvoni sohibasi Saniya Shokirova avariyada, “Bag‘dod go‘zali” Tara Fares qotillik tufayli, “Miss Fransiya” go‘zallik tanlovi ishtirokchisi Morgan Rollan traktor bosib ketishi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

“Miss Moskva” unvonidan mahrum etilgan Alesya Semerenko esa qizlarni go‘zallik tanlovlarida qatnashmaslikka chaqirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi