O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan 5-may, yakshanba kuni Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab 25 kilometrlik retro avtomobillar va mototsikllar marafoni o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Avtomarafon 9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan tashkil qilinadi.
“Retro Uz” klubi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan marafon sabab 5-may kuni soat 11.00 dan 13.00 ga qadar Toshkentning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari uchun harakat cheklanadi.
Avtomarafon soat 11.00 da Qurolli Kuchlar akademiyasining 1-nazorat o‘tish joyi (mo‘ljal: sobiq Pushkin maydoni)dan boshlanib, Kichik halqa yo‘li orqali “Bunyodkor” va undan keyin “Alisher Navoiy” shoh ko‘chalari bo‘ylab o‘tadi.
Izoh (0)