“Liverpul”ning afsonaviy futbolchisi Robbi Fauler “Brisben Roar” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Avstraliya klubining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Sobiq hujumchi bilan 2 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
“Ushbu sarguzashtning boshlanishini intizorlik bilan kutmoqdaman. Bu men uchun yangi chaqiruv va klub bilan muvaffaqiyatlarga erishishga harakat qilaman. Avvalroq oilam bilan Kvinslendda yashaganmiz, shuning uchun bu yerga qaytib kelganimdan va “Brisben Roar” oilasining bir qismiga aylanganimdan baxtiyorman”, — dedi Fauler.Eslatib o‘tamiz, Fauler “Liverpul” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1992-yilda debyut o‘yinini o‘tkazgan. 2001-yilga qadar “qizillar” safida to‘p surgan futbolchi keyin “Lids Yunayted”ga ko‘chib o‘tadi. Bir yil o‘tib “Manchester Yunayted” tarkibida o‘ynaydi va 2006-yilda qadrdon klubiga qaytadi. 2007-yilda esa “Kardiff Siti”da o‘zini sinaydi. Fauler 2008-yilni “Blekbern”da o‘tkazadi. Angliyalik 2009/11-yilllarda Avstraliya chempionatida to‘p suradi. Keyinchalik esa Tailandga yo‘l oladi.
Ma’lumot uchun, “Brisben Roar” klubi 26 turdan so‘ng A Liga musobaqa jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)