Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

20-aprel, shanba kuni BAAning Fujayra shahrida dzyudo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionati boshlandi.

Foto: Xalqaro dzyudo federatsiyasi

Foto: Xalqaro dzyudo federatsiyasi

Kattalar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etmoqda. -52 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Diyora Keldiyorova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioni bo‘ldi.

Diyora oltin medali uchun kechgan final bellashuvida mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasurendan ustun keldi. U finalga qadar avstraliyalik Kimberley Chalmers, koreyalik Da Sol Park, KXDR vakilasi Sim Song Rimni taslim etishga erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda