Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlarda YHXX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi o‘zaro bahs aks etgan videoga Toshkent shahar IIBB YHX boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Aziz Sadirov izoh berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri ma’lum qildi.

Foto: skrinshot

Foto: skrinshot

Videoda haydovchi inspektordan o‘zini to‘liq tanishtirishini va belgilangan tartibda muloqot qilishini so‘ragan. Tartib-qoidalar bo‘yicha munoasabatga kirishishni bir necha bor talab qilgan haydovchi inspektorga qarata: “Ishlash davri o‘tdi. Endi xizmat qilish davri keldi, o‘rtoqlar!” deya ikki bor takrorlagan. Hech qanday hujjat ololmagan inspektor haydovchiga yana uchrashib qolishlarini aytgan. Bunga javoban haydovchi o‘sha kunni kutishini ta’kidlagan.

“Bu holatda xodim vazifasi, unvoni va ism-sharifini aytishi kerak. Haydovchi tomonidan so‘rov bo‘ladigan bo‘lsa, xizmat guvohnomasini hamda jetonini ko‘rsatishi lozim. Haydovchiga sodir etgan huquqbuzarligini tushuntirib, ana undan keyin ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish uchun transport boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni so‘rashga haqli”, — deydi podpolkovnik Aziz Sadirov.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, inspektor tomonidan “prava”, “texpasport” kabi so‘zlarni qo‘llash noto‘g‘ri. “Hadovchilik guvohnomasi”, “Transport vositasini texnik holatini qayd etish guvohnomasi” kabi yuridik va normativ hujjatlar orqali belgilangan terminlardan foydalanish lozim.

Agar xodimni tegishli me’yoriy hujjatlarni buzib fuqaro bilan muloqotga kirishganligi aniqlansa, unga nisbatan intizomiydan to Ichki ishlar idoralaridan bo‘shatishgacha bo‘lgan chora qo‘llanilishi mumkin.

Tasvirlar Buxoro viloyati hududa olingan bo‘lib, holat yuzasidan viloyat IIB YHXB matbuot xizmatini “Daryo”ga ma’lum qilishicha, xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi