Ayni paytda Toshkent shahri va respublikaning 8 viloyatini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi “Olmaota–Bishkek–Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘li 865-kilometrining Toshkent viloyati Chinoz tumani hududida joylashgan Yallama ko‘prigida qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Shu sababli respublikaning boshqa viloyatlaridan Toshkent shahriga kelayotgan avtomobillar tirbandligi yuzaga kelmoqda.

Toshkent viloyati YHXB ma’lum qilishicha, “Olmaota–Bishkek—Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘lining 871-kilometrida joylashgan ikkinchi darajali yo‘l orqali “Toshkent—Dushanbe” yo‘liga o‘tib Toshkent shahriga yetib olish mumkin.