Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining Uzbekistan Airways Technics aviakorxonaning angarida Qozog‘iston prezidentining rasmiy tashrifi bilan Toshkentga kelgan SCAT aviakompaniyasining navbatdagi samolyotiga texnik xizmat ko‘rsatiladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
Qozog‘istonning Boeing 757-200 samolyotining tizimlari va qismlari to‘liq tekshiruvdan o‘tadi.
SCAT aviakorxonasi Uzbekistan Airways Technics’ning uzoq yillik hamkori hisoblanadi. 2018-yilda xorijiy buyurtmachilarning 6 ta samolyotiga texnik va ta’mirlash xizmatlari taqdim etilgan, ulardan 4 tasi Qozog‘iston aviakompaniyasining havo kemalari hisoblanadi.
Uzbekistan Airways Technics samolyotlarga, dvigatellarga, va samolyot qismlariga texnik va ta’mir xizmatlari sohasida 90 yillik tajribaga ega.
Kompaniya xalqaro, milliy va Yevropa sertifikatlariga ega.
Izoh (0)