Pokistonning turli qismlarida yuz bergan suv toshqini va bo‘ronlar oqibatida kamida 39 kishi nobud bo‘lgan, 135 kishi yaralangan, deya xabar beradi “TASS”.
Pokiston tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Balujiston, Panjob va Xayber-Paxtunxva viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik tugamayapti.
Mahalliy hukumat organlari Islomobodda va Kashmirning Pokiston qismida bo‘ron xavfi haqida ogohlantirmoqda. Tabiiy ofat kamida 80 ta uyni vayron qilgan va 110 ta stansiyaning ishdan chiqishiga olib kelgan.
Favqulodda holatlarda qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)