Chimkent shahar o‘zbek drama teatri ijodiy jamoasi 16-aprel kuni Gulistonda Sobit Do‘sanovning “Qashqir uligan tunda” dramasini o‘zbekistonlik tomoshabinlar e’tiboriga havola qildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Foto: “Xalq so‘zi”

— Hayotiy voqea asosida yozilgan mazkur asar qardosh o‘zbek sahnasida qo‘yilganidan boshimiz osmonga yetdi, — deydi teatr direktori Ikrom Hoshimjonov. — Spektakldan so‘ng uzoq davom etgan olqishlarni esa ijodiy ishimizga berilgan katta e’tirof deb qabul qildik.

Teatrning O‘zbekistonda Qozog‘iston yili doirasida boshlagan gastrol safari Jizzax viloyatida davom etmoqda.