12—14-aprel kunlari futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 32-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Reuters

14-aprel, yakshanba kuni musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Parijning PSJ klubi “Lill” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida parijliklar himoyachisi Toma Menye o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi va hisob ochildi (0:1). Oradan 4 daqiqa o‘tib jamoaning boshqa bir himoyachisi Xuan Bernat Kilian Mbappe uzatmasini golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi (1:1). Aynan Bernat 36-daqiqada hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolanib, maydondan chetlatildi.

Shundan so‘ng “Lill” a’zolari Nikolya Pepe (52), Jonatan Bamba (65), Gabriyel (72), Joze Fonte (84) birin-ketin parijliklar darvozasini ishg‘ol qildi (5:1).

Natijada PSJ musobaqa doirasida “Lill” bilan kechgan bahsda yirik hisobdagi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi (1:5).

Liga 1

32-tur bahslari

12-aprel, juma

“Dijon”—“Amyen” 0:0

“Nant”—“Lion” 2:1

Gollar: 1:0 — 11 Kulibali, 1:1 — 41 Teryer, 2:1 — 83 Limbombe

13-aprel, shanba

“Marsel”—“Nim” 2:1

Gollar: 1:0 — 72 Jermen, 2:0 — 73 Gustavo, 2:1 — 82, penalti, Savanye

“Kan”—“Anje” 0:1

Gol: 0:1 — 61 Reyn-Adelaida

“Monako”—“Reyms” 0:0

“Strasburg”—“Gengam” 3:3

0:1 — 37 Tyuram, 1:1 — 39 Ayork, 1:2 — 63 Deo, 2:2 — 69 Prchich, 3:2 — 73 Ayork, 3:3 — 86 Sorbon

14-aprel, yakshanba

“Monpelye”—“Tuluza” 2:1

Gollar: 1:0 — 55 Sxiri, 1:1 — 67 Sidibe, 2:1 — 77 Kamara

“Renn”—“Nitssa” 0:0

“Sent-Etyenn”—“Bordo” 3:0

Gollar: 1:0 — 56, penalti, Hazri, 2:0 — 74 Debyushi, 3:0 — 90 Debyushi

“Lill”—PSJ 5:1

Gollar: 1:0 — 7, avtogol, Menye, 1:1 — 11 Bernat, 2:1 — 52 Pepe, 3:1 — 65 Bamba, 4:1 — 72 Gabriyel, 5:1 — 84 Fonte

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!