Novosibirskdagi maktablardan birida ota-onalar majlisi vaqtida o‘qituvchilardan biri O‘zbekistondan kelgan bolaning onasini haqorat qilgani uchun sudda javob beradi. Bu haqda Sputnik ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Ota-onalar majlisi vaqtida o‘qituvchi o‘zbekistonlik ayolga qarab “Rus tilini o‘qi, surbet!” deb tanbeh bergan. O‘qituvchining bunday munosabati boshqa ota-onalarga yoqmagan va ularning noroziligiga sabab bo‘lgan. Bolaning onasi esa prokuraturaga murojaat qilgan.

Ayni vaqtda o‘qituvchi Natalya Oganisyan ustidan Rossiya JKning 282-moddasi (“Boshqalarga nisbatan nafrat uyg‘otish va haqorat qilish”) 1-bandiga asosan jinoyat ishi ochilgan. Uni ruhiy ekspertizadan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ushbu jinoyat ishi doirasida o‘qituvchiga 5 yil qamoq jazosi berilishi mumkin.