11-aprel, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bosqichning markaziy bellashuvida Unai Emeri boshliq Londonning “Arsenal” klubi o‘z maydonida Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” bilan o‘ynadi.
Bellashuvning 15-daqiqasida Aaron Remzi Aleks Meret darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tib neapolliklar himoyachisi Kalidu Kulibali avtogol muallifiga aylandi (2:0). Shu tariqa “to‘pchilar” 1/4 finalning ilk o‘yinida “Napoli”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu kuni Londonning boshqa bir jamoasi “Chelsi” Chexiyaning “Slaviya Praga” klubi maydoniga safar qildi.
O‘yindagi yagona gol 86-daqiqada londonliklar himoyachisi Markos Alonso tomonidan kiritildi va “aristokratlar” mehmonda kechgan bahsda “Slaviya Praga”ni kichik hisobda yutdi (1:0).
Eslatib o‘tamiz, javob uchrashuvlari 19-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Yevropa Ligasi
1/4 final bahslari
11-aprel, payshanba
“Arsenal”—“Napoli” 2:0
Gollar: 1:0 — 15 Remzi, 2:0 — 25, avtogol, Kulibali“Vilyarreal”—“Valensiya” 1:3
Gollar: 0:1 — 6 Gedesh, 1:1 — 36, penalti, Kasorla, 1:2 — 90 Vass, 1:3 — 90+3 Gedesh“Benfika”—“Ayntraxt F” 4:2
Gollar: 1:0 — 21, Feliks, 1:1 — 40 Yovich, 2:1 — 43 Feliks, 3:1 — 50 Diash, 4:1 — 54 Feliks, 4:2 — 72 Pasiensia“Slaviya Praga”—“Chelsi” 0:1
Gol: 0:1 — 86 Markos AlonsoYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)