Rossiya davlat dumasi binosida bir hafta oldin halok bo‘lgan deputat Nikolay Kovalyovning yordamchisi bo‘lgan shaxsning jasadi topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Sergey Shamarin o‘z kabinetida vafot etgan”, — deyiladi xabarda.
Deputat yordamchisi o‘limining sababi hozircha ma’lum emas.
Kovalyov 5-aprel kuni vafot etgan edi. U Quyi palatada Orlovskaya viloyatining vakili bo‘lgan. Nikolay Kovalyov 1996—1998-yillarda Federal xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan. U 69 yoshga to‘lgan edi.
Izoh (0)