Prezidentning tegishli qarori bilan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil maqsadida O‘zbekistonda Sharda universiteti tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Universitetdagi o‘quv jarayonlari Sharda universiteti (Hindiston) o‘quv dasturlari asosida O‘zbekiston davlat ta’lim standartlari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib boriladi.

O‘quv jarayoni 2019/2020-o‘quv yilidan boshlanadi.

Universitetda quyidagi va talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislar xalqaro standartlar darajasida tayyorlanadi:

elektr muhandisligi;

axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik;

kompyuter tizimlariga xizmat ko‘rsatish;

elektronika;

kommunikatsiya muhandisligi;

biznes-menejment.

Universitet bitiruvchilariga O‘zbekiston va Hindistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Sharda universiteti Andijon viloyatida joylashadi.