Toshkent shahrining Uchtepa tumanida tadbirkorlik faoliyati —kashta, milliy liboslar bezagi yaratish bilan shug‘ullanuvchi Anvar Rajabovning sexiga bir necha nafar noma’lum shaxs qo‘llarida bita, armatura va boshqa temir bo‘laklari bilan kelib, uni ayovsiz kaltaklagan. Bu haqda UzNews xabar berdi.
Surxondaryodagi xalqaro baxshichilik festivali uchun liboslar tayyorlab bergan 34 yashar tadbirkorga ko‘plab jarohat yetkazilgani aytilmoqda.
Tadbirkor yaqinlaridan birining ma’lum qilishicha, bu xuddi “Aurum 898” tunggi klubida sportchi Jamshid Kenjayev kaltaklangani kabi ro‘y bergan, faqat bu holatda Anvar Rajabov tirik qolgan.
U shoshilinch tarzda Chilonzor tumanidagi shifoxonaga yetkazilgan. Rajabov og‘ir ahvolda shifoxonada qolmoqda.
Vaziyatni o‘rganish davomida bu holatni prokuratura organlari hali to‘liq nazoratiga olmagani, tadbirkorni kaltaklaganlar uning oldiga kelib nima sababdan IIVga murojaat qilgani yuzasidan izoh so‘rayotgani, tezroq shifoxonadan chiqishini talab qilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)