O‘zbekiston Moliya vazirligi G‘aznachiligining Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi
Raximova Gulnora Xoshimovna O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligining Facebook’dagi sahifasi xabar berdi.
Raximova 1975-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1995-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining iqtisodchi mutaxassisligini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1995-yilda O‘zbekiston milliy universitetining O‘quv bo‘limi mutaxassisi lavozimidan boshlagan. 2002—2014-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi, “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi, katta ilmiy xodimi bo‘lib ishlagan.
2014-yildan boshlab G. Raximova Moliya vazirligi huzuridagi moliya organlari hamda budjet tashkilotlarining moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi” kaferdrasida katta o‘qituvchi, kafedra mudiri lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.