Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 8-aprel kuni O‘zbekistonda umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash doirasida nazorat ishlari va so‘rovnomalar o‘tkazilishi boshlandi va u 15 aprelgacha davom etadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 17-sonli maktabdan imtihon jarayonida 3 nafar o‘quvchi o‘rniga boshqa o‘quvchilarning imtihonga kirgani, 35- va 38-sonli maktablarda ham imtihon olinayotgan sinfga boshqa sinf o‘quvchilarining kiritilganlik holatlari aniqlangan. Ushbu jarayonda imtihon to‘xtatilib, dalolatnoma tuzilgan.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ushbu maktablar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan reytingda ishtirok etish uchun viloyatdagi eng na’munali maktab sifatida tanlanib, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim qilingan edi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
U-20 JCH—2023. Isroil bu safar Braziliyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi. Italiyada ham g‘alaba
Sport
Liga 1. “PSJ” 5 ta gol urilgan o‘yinda raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi 
Sport
“Leypsig” “Ayntraxt” ustidan ishonchli hisobda g‘alaba qozonib, Germaniya Kubogi g‘olibiga aylandi