“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rahim Sterling o‘zi o‘qigan maktab o‘quvchilariga “Uembli”da bo‘lib o‘tadigan “Manchester Siti”—“Brayton” uchrashuvini to‘g‘ridan to‘g‘ri stadiondan ko‘rish uchun imkoniyat yaratib berdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
24 yoshli xavbek yosh muxlislarga 550 ta chipta sotib olib berdi va borib-kelish uchun ularni avtobus bilan ta’minladi.
Sterling 5 yoshida Angliyaga Yamaykadan kelgandi. Uning maktabi hozirda Ark Elvin Academy deb nomlanadi.
Mazkur maktabda ta’lim oluvchi o‘quvchilarning, taxminan, 92 foizi etnik ozchiliklarning farzandlari hisoblanadi. O‘quvchilarning 36 foizi bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. Maktabda 50 dan ortiq tilda so‘zlashiladi.
Eslatib o‘tamiz, 6-aprel, shanba kuni mamlakat kubogining 1/2 finalida “shaharliklar” “Brayton”ga qarshi maydonga tushadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)