Braziliyada bankni o‘marishga uringan 11 nafar talonchi otib o‘ldirildi
Braziliyaning Guararema shahrida 11 nafar bank talonchisi politsiyachilar bilan to‘qnashuvda otib o‘ldirildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Otishma 25 kishidan iborat harbiy politsiya otryadi ikki bankka hujum qilgan qurolli bosqinchilar guruhini qo‘lga olishga uringanda yuz berdi.
Maxsus operatsiya davomida bir kishi qo‘lga olindi, qolgan gumonlanuvchilarni qidirish davom etmoqda. Talonchilarning aniq soni ma’lum emas.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirish chog‘ida 7 ta vintovka, 4 ta to‘pponcha, zirhli nimchalar va portlovchi moddalar topildi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar