Joriy yilning 11—14-aprel kunlari Samarqand shahrida Fransiyadagi Temuriylar tarixi va san’atini o‘rganish assotsiatsiyasi tashkil topganligining 30 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlar o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda Zarnews.
Tadbirga 50 nafarga yaqin fransiyalik tarixchi va arxeolog olimlar, assotsiatsiya mutasaddilari tashrifi kutilmoqda.
Registondagi Mirzo Ulug‘bek madrasasida O‘zbekiston, xususan, Sohibqiron va avlodlarining Yevropa davlatlari orasida tanilishiga katta hissa qo‘shgan mutaxassislarning Temuriylar tarixi va san’atini o‘rganish assotsiatsiyasining 30 yillik faoliyati taqdimoti o‘tkaziladi. Arxeologiya institutida “Temuriylar davrida madaniyat va san’at” mavzusidagi ko‘rgazma namoyish etiladi.
Fransiyaning “Komedii Fransez” teatri aktyori F.Shato O‘zbek davlat drama teatri rejissori O.Salimov sahnalashtirgan “Ulug‘bek” spektaklida bosh qahramon obrazida sahnaga chiqadi.
Mehmonlar o‘zbek milliy kiyimlari va an’anaviy “Ikat” mavzusidagi modalar namoyishi, O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyevaning konsert dasturlaridan bahramand bo‘ladi.
Izoh (0)