• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qo‘qonda soxta DXX xodimi va hokimiyat vakilining kirdikorlariga chek qo‘yildi

    Qo‘qon shahrida soxta DXX xodimi va hokimiyat vakiliga nisbatan sud hukmi o‘qildi, deb xabar berdi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Rustam (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) muqaddam bosqinchilik jinoyatini sodir etganligi uchun 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, jazo muddatini o‘tab chiqqan bo‘lsa-da, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmadi.

    Rustamning sinfdosh o‘rtog‘i Ahror Qo‘qon shahar hokimligi Madaniyat bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelib, bunga qadar muqaddam uch marotaba jinoyat sodir etganligi uchun sud hukmi bilan jazo tayinlangan.

    Rustam o‘zgalar mulkini firibgarlik va tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni o‘ziga maqsad qiladi.

    U dastlab o‘zini go‘yoki “Davlat xavfsizlik xizmati” xodimi ekanligi haqidagi “311” raqamli soxta xizmat guvohnomasi tayyorlab, ushbu guvohnomaga Qo‘qon shahar hokimligining Madaniyat bo‘limi muhrini bosib oladi.

    Shundan so‘ng, birin-ketin jinoiy rejalarini amalga oshirishga kirishadi. Rustamning birinchi “o‘lja”si Olimjonga tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytadi. Natijada pora berishga dalolat qilib, Olimjonning 1 000 000 so‘m pul mablag‘ini qo‘lga kiritadi.

    Bu ham yetmaganidek, Rustam hamtovog‘i Ahror bilan oldindan til biriktirib, Olimjonga soxta xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, o‘zini DXX xodimi ekanini aytadi. Shu tariqa Olimjonga yuk avtomashinasi va zamonaviy uylardan birini olib berishini aytib, uning 700 AQSh dollari miqdoridagi pullarini qo‘lga kiritadi.

    Rustam va Ahrorlarning keyingi “o‘lja”si Yaypan shahridagi bozorda sut mahsulotlari sotish bilan shug‘ullanuvchi Islomjon bo‘ladi. Islomjonga ham o‘zini DXXda yuqori mansablarda ishlovchi xodim ekanini aytib, yuk avtomashinasi va uy olib berishini aytib, aldab, uning 11 750 000 so‘m pullarini qo‘lga kiritadi.

    Shundan so‘ng, Rustam va Ahror Namangan shahrida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi Ixtiyor bilan ko‘rishib, unga ham o‘zini DXX xodimi deb tanishtirib, Ixtiyorning rahbarligidagi “Surur teks” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotishga va Qo‘qon shahridan bino ajratib berishga hamda MChJ balansiga Gentra rusumli avtomashina olib berishini aytib, aldab, uning jami 17 980 897 so‘m pullarini qo‘lga kiritadi.

    Rustam va Ahror sodda xalqimizni aldash uchun turli xil yangidan-yangi nayranglar o‘ylab topishadi. Hattoki, Rustam DXX rahbari nomidan Ixtiyorning tadbirkorligi uchun 10 000 000 so‘m pul mablag‘i ajratilganligi to‘g‘risida soxta sertifikat tayyorlab, ushbu sertifikatni Ixtiyorning farzandlari to‘yi marosimida ko‘pchilikning oldida unga taqdim qiladi.

    “Olg‘ir qahramonlar” endi yangicha usulda boylik orttirishni rejalashtiradi. Rustam, Ahror va Ziyod Rishton tumani markazida joylashgan “Makro” savdo markaziga kelib, u yerdagi Farhod ismli sotuvchi yigitdan 100 AQSh dollarini o‘zbek so‘miga almashtirib berishini iltimos qilib, u 100 AQSH dollari evaziga o‘zbek so‘mi berayotgan vaqtda, unga o‘zini DXX xodimi deb tanishtirib, go‘yoki “tadbir” bo‘lganligini aytib, jinoiy javobgarlikka tortish bilan qo‘rqitadi va Farhodning 1 080 000 so‘m pullarini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishadi.

    Ushbu jinoyatlari xamirdan qil sug‘urgandek bitganidan xursand bo‘lgan “qahramon”larning navbatdagi “qurboni” Beshariq tumanida yashovchi Akbarjon bo‘ladi. Unga ham 100 AQSh dollarini o‘zbek so‘miga almashtirib berishini iltimos qilib, Akbarjon 100 AQSh dollarini qo‘liga olishi bilanoq, unga nisbatan tadbir o‘tkazilganini aytishib, soxta guvohnomasini ko‘rsatib, tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan.

    Shunda ham nafsi to‘ymagan Rustam Qo‘qon shahridagi kafelardan birining ish boshqaruvchisi Ulug‘bek bilan ko‘rishib, o‘zini DXX xodimi deb tanishtirib, 5 000 000 so‘m evaziga foydalanilmasdan kelinayotgan savdo do‘konini Qo‘qon shahar hokimligida ishlovchi tanishlari orqali uni nomiga hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytadi va pora berishga dalolat qiladi. Rustam undan 2 000 000 so‘m pullarni olgan vaqtda Qo‘qon shahar IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi va Rustamga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, jinoiy harakatlariga shu yerda nuqta qo‘yiladi.

    Mazkur jinoyat ishi bo‘yiyaa sud jarayonida sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatuvlari tinglandi.

    Sudda jabrlanuvchilardan biri Farhodning akasi Shukurjon ukasiga nisbatan uyushtirilgan “tadbir”dan chuqur tushkunlikka tushib, hatto o‘z joniga qasd qilmoqchibo‘lgani bayon qilindi.

    Sud hukmi bilan Rustamga 6 yil 9 oy muddatga, Ahrorga 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Ziyodga esa 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.

    Sudlanuvchi Rustam va Ahrordan jabrlanuvchi Ixtiyor foydasiga 18 591 683 so‘m, Islomjon foydasiga 12 001 147 so‘m va Olimjon foydasiga 5 881 071 so‘m moddiy zararni solidar tartibda undirish belgilandi.

    “Jinoyat jazosiz qolmaydi. Bu hali hammasi emas, hozirda Rustamning yana bir kirdikori oshkor bo‘lib, ushbu jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilmoqda”, — deyiladi xabarda.

    01.04.2019, 16:49   Izoh (0)   29433
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston 2019-yilda xorijga 80 tonna oltin sotishni rejalashtirmoqda

    01.04.2019, 16:38

    Farg‘onada 5 kunlik chaqaloqni 500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan hamshiralar qo‘lga olindi

    01.04.2019, 16:13

    Dehqonobodda 20 ta kam ta’minlangan oila farzandlarining xatna to‘yida qariyb 20 ming mehmon ishtirok etdi

    01.04.2019, 16:04

    Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” o‘rtasidagi muzokaralarni Samarqandda o‘tkazish taklif etildi

    01.04.2019, 15:55

    O‘zbekistonda 1-apreldan shifokorlar va farmatsevtlar oylik maoshi oshiriladi

    01.04.2019, 15:29

    Kelgusi 10 yil ichida O‘zbekistonda 25 ta quyosh elektr stansiyasi quriladi

    01.04.2019, 15:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.