Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Kogon tumanidagi “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘ini markazida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘in binosi yangi loyiha asosida barpo etilgan bo‘lib, unda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Kogon tumani kengashi faoliyat yuritmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu yerda joriy etilgan Ayollar ijtimoiy moslashuv markazi og‘ir ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va bolalarga ma’naviy-psixologik, tibbiy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Keng va shinam xonada joylashgan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron bazasiga ulangan zamonaviy kutubxona aholi, ayniqsa yoshlar uchun ma’rifat maskanidir.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Markaz yaqinida joylashgan ikkita sun’iy qoplamali maydon hamda trenajyorlar zali mahalla bolalari va o‘smirlarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, fuqarolar yig‘inida yaqinda O‘zbekistonda eng namunali deb topilgan hamda Nexia 3 avtomobili bilan taqdirlangan zamonaviy ichki ishlar tayanch punkti ham faoliyat yuritmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mahalla markazi hududida barpo etilgan kunduzgi statsionar va tantanalar zali ham aholi xizmatida. Shavkat Mirziyoyev mahalla markazi xodimlari, shu yerdagi intellektual klub a’zolari bo‘lgan yoshlar bilan muloqot qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, mahalla markaziga tashrifdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Dunyo
Greta Tunberg to‘rtinchi bor tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi