Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Markaziy bankda MasterCard Europe vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Markaziy bank

Foto: Markaziy bank

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish doirasida o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Markaziy bank va MasterCard Europe o‘rtasida chora-tadbirlar protokoli imzolandi. Hujjatda “Humo” tizimi tarmog‘ida to‘lov vositalarini qabul qilish sohasi va infratuzilmasini rivojlantirish, yaratilayotgan to‘lov infratuzilmasida MasterCard kartalaridan foydalanishni kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Tomonlar O‘zbekiston fuqarolari xalqaro hisob-kitoblarni “Humo” to‘lov kartalaridan MasterCard to‘lov vositalaridan foydalangan holda amalga oshirishi imkoniyatini ko‘rib chiqdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi