Bugun, 28-mart kuni viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyatining bir qancha tumanlariga xizmat avtomashinalari topshirildi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.
Samarqand viloyati adliya boshqarmasining boshlig‘i S.Nuriyev Narpay, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Ishtixon va Kattaqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limlariga 5 ta xizmat avtomashinalarini tantanali ravishda topshirgan. Avtomashinalar Adliya vazirligi tomonidan ajratilgan.
Mazkur avtomashinalar xalq bilan muloqotni yanada mustahkamlash, ayniqsa, chekka qishloqlar aholisiga huquqiy yordam ko‘rsatishda xizmat qiladi.
Izoh (0)