Bu yilgi Xoli bayrami 20—21-mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Bu bayram hind taqvimiga muvofiq yangi yil boshlanishini ramziy ma’noda anglatadi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Bayram kuni an’anaviy ravishda ommaviy sayillar o’tkaziladi, tadbir ishtirokchilari tabiiy masalliqlardan tayyorlangan kukun ko‘rinishidagi yorqin rangli bo‘yoqlarni bir-biriga otadi.
Bayramning yana bir an’anasi mavjud. E’tiqodlarga ko‘ra, Vishnu xudosiga ishonmagani uchun yonib ketgan Xolika iblisining qo‘g‘irchog‘i gulxanda yoqiladi.
Hindistonda Xoli festivali har yili o‘tkaziladi. Bayramning juda quvnoq, rang-barang bo‘yoqlar va yaxshi kayfiyat ostida o‘tkazilishi butun dunyo sayyohlari orasida juda mashhur.
Izoh (0)