Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar berdi.

Foto: “Zarnews.uz”

Hujjatda qayd etilishicha, hududda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarni hisobga olgan holda Germaniya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan yaqin hamkorlik o‘rnatib, “Raqamli iqtisodiyot”, “Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti”, “Agrobiznes va marketing”, “Buxgalteriya hisobi va audit” shuningdek, viloyatda ehtiyoj yuqori bo‘lgan boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha nazariy-amaliy ko‘nikmalarni egallagan malakali iqtisodchi kadrlarni tayyorlash Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.