• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri bosh prokurorga murojaat qildi

    Bugun bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan xalqqa tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z vazifasini o‘tayotgan tibbiyot xodimlariga nisbatan g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi, ularga tan jarohatlari yetkazilishi eng og‘riqli masalalardan biriga aylanib bormoqda, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

    “Kun.uz” saytida e’lon qilingan “Qo‘shrabotda “tez yordam” shifokori va haydovchisini mast “bemor” va uning yaqini kaltakladi” maqolasi bu illatning jamiyatimizda qanchalik ildiz otib borayotganini yana bir bor ko‘rsatdi. Bunday noxush holatlarni bartaraf etish uchun barcha kuch-imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz va tibbiyot xodimiga nisbatan bu kabi munosabatni butunlay o‘zgartirishimiz zarur. Shu sababdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.Murodov nomiga xat yuborilib, unda joriy yilning 7-mart kuni sodir etilgan ushbu noxush holat bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan ayni paytga qadar qonuniy to‘xtamga kelinmaganligi ko‘rsatilib, vaziyat nazoratga olinishida amaliy yordam so‘raldi, — deydi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov.

    Sog‘liqni saqlash vazirligidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2017—2018-yillar davomida 300 ga yaqin holatda bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga noqonuniy tajovuz qilinishi bilan bog‘liqqonunbuzarliklar sodir etilgan.

    Birgina misol, o‘tgan yili Oltiariq tumanida fuqaro M.M. tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun o‘z vaqtida (10 daqiqada) yetib kelgan shifokor Sh.S.ga o‘rtacha og‘ir darajadagi tan jarohati yetkazgan. Vaholanki, ayni holatda shifokor yetib borgan paytda bemor allaqachon vafot etgan bo‘lgan. Lekinmazkur holatda shifokorning sog‘lig‘iga tiklab bo‘lmas zarar yetkazgan qonunbuzar amalda hech qanday jazo o‘tamasdan qolib ketdi, ya’ni sud tomonidan u shartli hukm qilindi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi jamiyatda fuqarolarning shifokorlarga tajovuz qilish kabi holatlarning ko‘payib ketayotganini hisobga olib, ushbu illatni oldini olishning eng samarali yo‘llaridan biri sifatida tibbiyot xodimiga nisbatan sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar uchun qat’iy javobgarlikni kuchaytirish lozim, deb hisoblaydi.

    Shu sababdan joriy yilning 29-yanvarida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘z xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimiga bemor va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi yoki ularga tan jarohati yetkazilishi kabi qilmishlarni Jinoyat kodeksining bezorilik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi 277-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish hamda ushbu harakatlarni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi tayyorlanib, jamoatchilik muhokamasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. Shuningdek, joriy yil 5-fevraldagi 19-01/19-sonli xat bilan tegishli vazirlik va idoralarga kelishish uchun yuborildi.

    “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibiga muvofiq, manfaatdor organlar Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan 7 kunlik muddatda mazkur qonun loyihasini ko‘rib chiqishi va uzil-kesil kelishishi (imzolashi) shart edi. Lekin ayrim huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ushbu masalada qonunchilikda muammo yo‘qligini aytib, bugungi kunga qadar loyihaga viza qo‘yib berish tartibini asossiz ravishda buzib kelmoqda. Shuning uchun 2019-yil 14-mart kuni ushbu idoralarga 19-01/39-sonli qayta xat yuborilib, unda Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga amal qilgan holda loyihani uzil-kesil kelishishi (imzolash) masalasini hal etish so‘raldi”, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi Yuridik bo‘limi boshlig‘i Ruslan Muhammadiyev.

    “Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, ularni har qanday noqonuniy xatti-harakatlardan asrash bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida bundan buyon ham tegishli choralarni qat’iy ko‘rib boradi.

    Jumladan, yuqorida qayd etilgan, Qo‘shrabotda “tez yordam” shifokori va haydovchisini mast “bemor” va uning yaqini kaltakladi” maqolasidagi holat ham vazirlik diqqat markazida bo‘lib, huquq-tartibot organlaridan ushbu vaziyat yuzasidan tegishli choralar ko‘rishini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

    18.03.2019, 11:01   Izoh (0)   68440
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda 2 ming dollarga “opiy” sotgan ayol qo‘lga olindi

    18.03.2019, 10:51

    O‘zbekiston samolyotlarida endi internet paketlarni sotib olib, plastik karta orqali to‘lash mumkin

    18.03.2019, 10:24

    Andijonda jinoyatchilikka qarshi faol kurashganlarga 138 million so‘m pul mukofoti bеrildi

    18.03.2019, 10:16

    Bosh prokuratura MIB faoliyati qayta ko‘rib chiqilishi kutilayotganini rad etdi

    18.03.2019, 09:15

    Toshkentda YPX inspektorlari yangi formani sinovdan o‘tkazayotgani tasdiqlandi

    18.03.2019, 08:52

    Andijon tumani IIB xodimlari yashil maydonda kuch sinashdi (foto)

    17.03.2019, 22:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.