Yashnobod tumani hokimligida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash qanday kechayotgani haqida O‘zA “Yashnobod tumanida ikkita hokim bor (mi?)” nomli maqola chop etdi.

Foto: Google Images

Mazkur maqola 2019-yilning 11-mart kuni “Yashnobodliklar navbat kutishni yaxshi ko‘radi(mi)” sarlavhali tanqidiy maqola ortidan e’lon qilingan. Unda aholiga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshi emasligi, ayniqsa to‘lov to‘lashda odamlar muammolarga duch kelayotgani, ya’ni kassa va bankomatlarda uzoq navbat kutib qolayotgani bayon etilgan edi.

Maqola oddiy odamlarda qiziqish uyg‘otdi, albatta. Ammo mas’ul shaxslar bunga parvo ham qilmadi. Ayrim hokimliklardagi xodimlarga o‘xshab telefon orqali “shuni yozib nima qilardingiz?”, deb iddao qilishsa kerak, deb o‘ylagandim. Afsuski bu safar xato o‘ylabman.

Oradan shuncha kun o‘tdi, tuman hokimi balki internetga kirmas, ijtimoiy tarmoqlarni kuzatmas, unga o‘zim ma’lum qila qolay, degan maqsadda Yashnobod tumani hokimligi rasmiy saytiga kirdim.

Qanday usulda murojaat qilish haqida o‘ylab turgandim, hokimning “virtual qabulxonasi”ga ko‘zim tushib qoldi. Uni ochib ne ko‘z bilan ko‘rayki, bu yerda “Yashnobod” tumani hokimi Turdiyev Dilmurod Rahmatjonovich”, degan yozuvga ko‘zim tushdi. Ko‘zlarimga ishonmadim: bu shaxs hokimlikdan ketganiga ancha bo‘ldi-ku?

Saytdagi “tuman hokimi va hokim o‘rinbosarlari qabul kunlari”, degan yozuvni bosib ko‘rsam, bu yerda “Tillashayxov Hojiakbar Kamoliddinovich — tuman hokimi vazifasini bajaruvchi”, deb yozilgan ekan.

Xayriyat, hech bo‘lmasa shu yerda aniq fakt bor ekan-ku!

Biroq, kishini o‘ylantiradigan tomoni — nahotki tuman hokimi virtual qabulxonasi sakkiz oydan beri ochilmagan bo‘lsa? Chunki tumanga yangi rahbar tayinlanganiga shuncha vaqt bo‘ldi. Axir kimdir kirganida rahbarning ismi-sharifini to‘g‘rilab qo‘ygan bo‘lardi-da.

Shubhali “virtual qabulxona” orqali murojaat yo‘llasam, yana e’tibordan chetda qoladi, deb o‘ylab, “Fuqarolar murojaatlari” rukni orqali murojaat yo‘llashga qaror qildim. So‘ralgan barcha ma’lumotlarni kiritdim. “Murojaat mazmuni” degan maydonchaga “Uza.uz saytida 2019-yil 11-martda e’lon qilingan “Yashnobodliklar navbat kutishni yaxshi ko‘radi (mi?) sarlavhali maqola yuzasidan javob yo‘llashingiz so‘raymiz”, degan so‘zlar bitildi va maqolani internetdan topish uchun manba kiritildi. Jo‘natildi...

Ammo yana bir jumboq paydo bo‘ldi. Murojaat ketdimi-yo‘qmi, hech qanday “aks-sado” bo‘lmadi. Murojaatni qayta-qayta yuborishimga qaramay, hech bir o‘zgarish ko‘rmadim.

Holbuki, Prezident virtual qabulxonasiga murojaat yo‘llanganda murojaat ro‘yxatga olingani haqida xabar keladi va murojaat raqami murojaat yo‘llovchi shaxsga ma’lum qilinadi.

Bu yerda esa...