Noyob orxideya gullari Nyu-Yorkdagi Botanika bog‘ida gullagan, deya xabar beradi “ForumDaily”.

Foto: Facebook

Bog‘dagi gullardan birining nomi singapurlik aktrisa Vanda Avkvafina nomiga qo‘yilgan. Bu Nyu-York bog‘ining mashhur shaxs sharafiga nomlangan ilk gulidir. Ushbu gul nomining singapurlik aktrisa sharafiga nomlanishiga asosiy sabab orxideyaning Singapurning davlat ramzi ekanligidadir.

Vanda gibrid orxideya guli — Singapurning milliy gulidir, u kamalak rangidagi gul nomi bilan mashhur, sababi u kamalak rangida gullaydigan yagona gul sanaladi.

Bronks shahrida joylashgan Nyu-York botanika bog‘ida millionga yaqin o‘simlik mavjud. Bu yerda havo harorati har doim kamida 20 daraja Selsiy bo‘ladi.

Foto: Facebook

Bu bog‘da butun dunyodan o‘simliklar mavjud. Mart oyida bu bog‘da orxideya gullaydi. Bu yerda jami 7 ming xil orxideya to‘plangan. Bu gullar rangi, shakli, hajmi va xushbo‘yligi bilan bir-biridan ajralib turadi. Bu o‘simliklarning turlari Yerdagi boshqa gullardan ko‘ra kengroq.

Evolyutsiya nuqtai nazaridan, orxideya dinozavrlarga qaraganda kuchliroq bo‘lib chiqdi —ilk gullar 100 million yil oldin paydo bo‘lganligi to‘g‘risida dalillar bor. O‘rtacha bir yilda 50 kun gullaydi.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Foto: Facebook