Namanganliklar Navro‘z bayrami arafasida 6 tonnalik sumalak tayyorlashga hozirlik ko‘rmoqda. Ular o‘tgan yili o‘zlari o‘rnatgan 5 tonnalik rekordni yangilashni maqsad qilgan, deb yozadi O‘zA.

Foto: O‘zA

Ushbu bahoriy ne’matni tayyorlash uchun Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga Toshkent viloyatining Olmaliq shahridan og‘irligi 10 tonna 280 kg. bo‘lgan ulkan qozon keltirildi.

Foto: O‘zA

Sumalak uchun 1 tonna bug‘doy, 3 tonna un, 500 kilogramm yog‘ sarflanadi. Bug‘doyni undirish, taomni tayyorlash jarayonlariga 30 nafar tajribali ayol jalb etiladi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Avvalroq Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi ishchilari sig‘imi 7 tonnalik sumalak doshqozoni va o‘choq, 3 metrlik ikkita kapkir va ikkita cho‘mich, shuningdek, qozon-o‘choq atrofiga mo‘ljallangan metall maydonchani bir oy ichida, belgilangan muddatidan avval tayyorlab, Namanganga jo‘natgani haqida xabar berilgan edi.