• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Steroidlarning zarari haqidagi gap-so‘zlar rostmi?

    “Daryo” kolumnisti Sarvar G‘aniyev yosh yigitlar orasida tanasini atlet holatiga keltirish uchun urfga kirgan anabolik steroidlar haqida fikr yuritadi hamda uning zararli jihatlari haqida yuradigan gap-so‘zlarga oydinlik kiritadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Maqola boshida men sportda ma’lum natijalarga erishish uchun farmatsevtik preparatlardan foydalanishga tarafdor ham, qoralovchi ham emasligimni aytib qo‘ymoqchiman. Bundan tashqari, quyida keltirilgan material farmatsevtik preparatlarning antipropagandasi hisoblanmaydi. O‘rin bosuvchi gormonal preparatlarning kasalliklarni davolash uchun tibbiy maqsadlarda qo‘llanilishiga qarshiligim yo‘q.

    Qaror qabul qilish har bir kishining o‘z qo‘lida. Har kimning tahlil qilish uchun o‘z miyasi bor. Tahlil qilish uchun esa bu mavzudagi faktlarni keltirib o‘tmoqchiman. “Boshqalar alkogol ichib, sigaret chekib, narkotiklar qabul qilyapti. Men sog‘lig‘im uchun, ko‘rkam bo‘lish uchun bularni qabul qilyapman-ku”, — deyish nodonlikdir. Maqola davomida buni ilmiy jihatdan isbotlab beraman.

    Anabolik steroidlar o‘smirlar orasida ham keng qo‘llanilayotgani meni tashvishga solayotgan holatdir. Ular tez ta’sir ko‘rsatadi, chiroyli qomatga ega bo‘lasiz. Lekin bu formani keyinchalik litrlab ko‘z yoshlari bilan yuvishga to‘g‘ri keladi. Bu haqda uni qo‘llab ko‘rganlar kamdan-kam gapiradi. Chunki o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatoni tan olishni xohlashmaydi. Steroidlar foydali va organizm uchun kerak. Ayniqsa gormonal tizim endi shakllanayotgan o‘smirlar uchun. Steroidlar vitaminlar kabu narsa, ularning ziyoni yo‘q deb jar solish mumkin. Lekin androgenlar va anaboliklarning o‘limga olib kelishi haqida gapirishning hojati yo‘q. Zarari bor, lekin o‘limga olib kelmaydi.

    Gipotalamus–gipofiz–moyaklar o‘rtasida bog‘langan tizim mavjud. Barcha gormonlar sintezi qaytar mexanizm asosida boshqarilib turadi. Gipatalamusdan gonodotropin relizing gormonlari (GnRG) orqali gipofizning oldingi bo‘lagida lyuteinlovchi gormon (LG) va follikula stimullovchi gormonlar (FSG) sintezlanishini boshqarib turadi. Ular esa, o‘z navbatida, testesteron sintezi va spermatozoidlar shakllanishini nazorat qiladi. Testesteron qaytar mexanizm tufayli LG, FSG va gipotalamusdan ajraladigan gonodotropin relizing gormonlarining sintezini ingibirlaydi, ya‘ni to‘xtatadi.

    Agar organizm o‘smir 16 yoshda bo‘lsa va bu sistema endi shakllanayotgan bo‘lsachi? Tasavvur qilamiz, biz organizmga testesteronning analoglarini kiritdik va ular LG va FSG’larning tabiiy ajralib chiqishini to‘xtatadi. Sodda qilib aytganda, biz organizm o‘zi ishlab chiqarishi kerak bo‘lgan gormonlarni tashqaridan kiritib, organizmni dangasa qilib qo‘yamiz. Demak, qanchadir vaqt o‘tgandan so‘ng bu bez, a’zoning organizmga keragi bo‘lmay qoladi. Chunki unga kerakli gormon tashqaridan kirib turibdi. Endu bu organlar yoki bezlar kerakli o‘lchamlargacha kattalashmaydi va atrofiyaga uchrab ketadi va bu yigit butun umr shu gormonlarni qabul qilishga mahkum bo‘lib qoladi. Yana bir muammo — har qanday steroid gormonlar o‘sish zonasini bekitadi. Steroid gormonlarni asossiz qabul qilgan yigitlarda nafaqat bo‘y, balki jinsiy olat ham o‘sishdan to‘xtaydi.

    Yana bir gap: o‘sish uchun o‘zboshimchalik bilan gormonlarni qo‘llamang. Bu avvalambor xavfli va mantiqsiz. Testesteron qabul qiladigan erkaklarda prostata bezi o‘smasi xavfi ortishi isbotlangan. O‘smirligidan boshlab ularni qabul qilayotganlarda esa bu ko‘rsatkich bir necha barobar ko‘tarilib ketadi.

    Endi ko‘p gapirilmaydigan miyaning shakllanishi haqida gaplashamiz. U butun umr davomida shakllanib boradi. Bizni esa miya po‘stligining perefrontal qismi shakllanishining tugash vaqti qiziqtiradi. Oxirgi ma‘lumotlarga ko‘ra, u 24–25 yoshgacha shakllanib bo‘ladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bu bo‘lak diqqat, mulohaza qilish, o‘zini tutish, emotsiyalar, tanqidiy fikrlash va rejalashtirishga javob beradi. Agar biz shu zonani shakllanishiga qo‘yib bermasak nima bo‘ladi? To‘g‘ri, yuqoridagi funksiyalarni bajaradigan miya bo‘lagi “ishdan chiqadi”. Buning asorati esa yigitcha umrining oxirigacha davom etadi. Androgenlar to‘g‘ridan to‘g‘ri perefrontal po‘stloqqa ta‘sir ko‘rsatmaydi, chunki u yerda estrodiol va testesteran uchun retseptorlar yo‘q. Lekin bu zona androgen retseptorlari mo‘l bo‘lgan medial gipotalamus bilan bog‘langan. O‘rtadagi aloqani buzish orqali siz kelejakda o‘zningizga ko‘plab muammolarni orttirib olasiz. Androgenlar kursini vrach ko‘rsatmasisiz, o‘zboshimchalik bilan qabul qilish o‘ta xavfli. O‘zi kim aytdi steroidlar xavfsiz deb? Rasmga qaraymiz, bu yerda barcha nojo‘ya ta‘sirlari chiroyli qilib berilgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Farmatsevtik preparatlarni professional sportda yuqori natijalarga erishish maqsadida qo‘llanildi deb oqlash mumkindir. Lekin kundalik hayotda “o‘zi uchun” sport bilan shug‘ullanayotgan, gormonal tizimi bilan bog‘liq muammolari bo‘lmagan yoshlarning ikki-uchta chiroyli rasm uchun asossiz ravishda gormonal preparatlarni qabul qilishlarini oqlamayman. Sog‘lik, gormonal tizim bebaho, ayniqsa o‘g‘il bola uchun. Uni asrash kerak. Aktiv sport va fitnes professional bo‘lmagan inson uchun vaqtinchalik mashg‘ulot ekanligini hisobga olsak, vaqtinchalik shuhrat uchun anabolik steroidlarni qabul qilib, o‘z sog‘lig‘iga zarar keltirib, qarish jarayonini tezlashtirish aqli noqisning ishi ekanligini anglash mumkin. Ular o‘rtasida keng tarqalgan shunday mif bor: kursdan keyin osma dori olib qonimni yuvib tashlasam zarari bo‘lmaydi. Yo‘q. Unday emas. Bu gormonlar hujayra darajasida ta‘sir qiladi. Siz vena orqali litrlab infuziya quyish bilan faqatgina qon tomirlar ichida aylanib yuradigan suyuqlik hajmini oshirib berasiz. Hech qanday dori qabul qilingan gormonlarni tanada yuvib chiqib ketmaydi.

    Androgenlar va anabolik steroidlarni qo‘llaydigan insonlar soni yil sayin geometrik progressiya ko‘rinishida ortib bormoqda. Buning sababi esa oddiy dangasalikdir. Ko‘rkam tanaga qisqa vaqt ichida ega bo‘lish xohishi. Sog‘liq haqida unutib tezroq atlet formasini olishga shoshilishadi. Bu ahmoqona ish. Yana bir sababi “yoki sen kuchli bo‘lib hammani boshqarasan, yoki butun umr lapashang bo‘lib qolasan” degan fikr. Sog‘liginingizni xavf ostida qo‘yib, bu noto‘g‘ri fikrga qo‘shilishingizga arziydimi? Yoq, arzimaydi. To‘g‘ri, kutish hech kimga yoqmaydi, lekin kutish kerak. Aqlingizni yig‘ing. Ishoning, sog‘liq bilan bog‘liq muammolaringiz boshlanganda, bepusht tamg‘asi urilganda tashqi ko‘rinish, chiroyli muskullar bir chekkaga chiqib qoladi. Fizik forma informatsion asrda ikkinchi planga o‘tib bo‘ldi. Buni tan oling, o‘qing, o‘z ustingizda ishlang, sport bilan shug‘illaning, lekin anabolik steroidlarsiz.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.

    14.03.2019, 12:37   Izoh (0)   46953
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kitob tumani hokimining mahalladagi yordamchisi o‘ldirildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:56

    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi

    Reklama | 20 iyun, 16:30

    UNICEF: G‘azoda suv tizimlari ishdan chiqib, sun’iy qurg‘oqchilik yuzaga kelgan

    Dunyo | 20 iyun, 16:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:47

    Oyoq, tish va hatto til: tana a’zolarini millionlab dollarga sug‘urtalagan mashhurlar

    Shou-biznes | 20 iyun, 16:36

    Buyuk Britaniya va Bahrayn o‘rtasida 2 ta yirik shartnoma imzolandi

    Dunyo | 20 iyun, 16:30

    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

    Reklama | 20 iyun, 15:00

    Chinakam matonat egasi, Ginneslari rekordi kitobiga kiritilgan Oksana Chusovitina

    Sport | 20 iyun, 16:26

    O‘zbekistonda dollar kursi 12 500 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.