Mashhur yapon arxitektori Kengo Kuma Tayvanda Starbucks qahvaxonasini qurish uchun 29 ta yuk konteyneridan foydalandi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Foto: TJournal
Ko‘p qavatli bino tarkibida joylashgan konteynerlar oq rangga bo‘yalgan va ular to‘liq o‘lchamda va qiya shiftli derazalar kesilgan. Binoning umumiy maydoni 320 kvadrat metrni tashkil etadi.
Foto: TJournal
Unda har biri o‘z dizayniga ega bo‘lgan bir nechta alohida kabinalar bor. Ularning ba’zilari yog‘och bilan qoplangan.
Foto: TJournal
Birinchi qavatda haydovchilar mashinadan tushmasdan qahva sotib olishlari mumkin bo‘lgan deraza mavjud.