Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahrida joylashgan Drivelines Studios ko‘p qavatli uyi yangi avlod turar joyi sifatida qurilgan va shaharning yaqin vaqt ichida o‘zgarishlar yuz bergan qismida joylashgan. Bu tumanning yoshlari shahar markazining qayta tug‘ilishi, jonlanishi va mazmunga ega bo‘lishida faol ishtirok etadi, deb hisoblanadi. TJournal ana shu uyning suratlarini taqdim etdi.
Yetti qavatli uyning asosi ichki hovli atrofida joylashgan hamda zinalar, o‘tish joylari va lift shaxtalari bilan bog‘langan 140 ta yuk konteyneridan tashkil topgan. Ularning tashqi devorlari kesilib, derazalar o‘rnatilgan. Ular uyning fasadini hosil qilishda o‘rin tutgan hamda tabiiy yoritish va ventilyatsiyaga yordam beradi.
Majmuadagi uylar turli o‘lchamda, biroq ularning har birida oshxona va hojatxona bor.
Birinchi qavatda bir nechta kvartira bilan birga, do‘konlar hamda bog‘ va suv havzasiga ega umumiy hovli joylashgan.
Izoh (0)