Ukrainaning alyansga qo‘shilishi zarurligi haqidagi bayonotni Kongress a’zosi Eliot Engel bildirgan, deya xabar beradi “Korrespondent”.
AQSh Kongressi vakillar palatasining Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi Eliot Engel Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Bu haqda 11-mart kuni kechqurun Ukrainaning Qo‘shma Shtatlardagi elchixonasi xabar bergan.
Kongressmen Rossiyaning Qrimni anneksiya qilinishiga doir noqonuniy urinishlar bo‘lganligini tan olmaganlikka doir qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlab, maqsadga erishish zarurligini qayd etgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjat AQSh hamkorlari — Ukraina va qo‘shni davlatlarga yordam berishning aniq belgisi sanaladi.
Elchixona 7-mart kuni AQSh Kongressi Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mita Qrim, uning havo yoki hududiy suvlari ustidan Rossiya hukmronligini tan olmaslikni Vashingtonning siyosatini belgilaydigan qonun loyihasini tasdiqlash uchun tavsiya etdi.
Izoh (0)