AQShning Virjiniya shtatida yashovchi Debora Braun ismli ayol bir kunning o‘zida 30 karra lotereya g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ayol o‘z ichki ovoziga ishonib, lotereya biletini sotib olishga qaror qilgan. U birdaniga 20 ta Pick 4 lotereyasini olgan, ularning har biri 1 dollar bo‘lgan.
Barcha biletlarda bir xil raqamlar kombinatsiyasini ko‘rgan ayol yana 10 ta bilet olishga qaror qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 30 ta biletning barchasi ayolga omad keltirgan va har biri uchun 5 ming dollardan yutib olgan. Braun bunday omaddan hayajonga tushib qolgan hamda yutib olgan 150 ming dollarini qayerga sarf qilishini hali bilmaydi.
Izoh (0)