Shvetsiyada rassomlar Saymon Goldin va Yakob Sennebi hech qachon hech narsa qilishi kerak bo‘lmagan bir umrlik ishni taklif qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Rassomlar allaqachon 650 ming dollarni tashkil etadigan va o‘sib boradigan “bir umrlik ish o‘rni” jamg‘armasini yaratgan. Ishga kirgan odam Geteborg shahridagi vokzalda joylashgan “ish joyi”ga belgilangan vaqt ichida kelishi va “ish kuni oxirida” ketishi kerak.
Shuningdek, ishga kirgan odam istagan mashg‘uloti bilan shug‘ullanishi mumkin. Tajriba 120 yilga mo‘ljallangan, ishga faqat bir kishi qabul qilinadi, lekin u ishdan bo‘shasa, uning o‘rniga boshqa odam ishga olinadi. Rassomlar ishchi ta’til va nafaqa uchun ko‘p pul topaman deb qiynalmasligi uchun yuqori maosh taklif qilmoqda. Vakansiya 2025-yilda ochiladi.
Bu bilan Saymon Goldin va Yakob Sennebi hech bir ish qilmay bir umr oylik oladigan inson haqida afsona yoki mem yaratish niyatida.
Izoh (0)