• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbek raqsini tanitayotgan amerikalik qiz. O‘zbek ayollarini tabriklagan yevropalik futbolchi. Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlar

    “Daryo” navbatdagi ijtimoiy tarmoqlar dayjestini taqdim etadi. O‘tgan haftadagi eng sara post va diqqatga sazovor izohlarni bizda kuzatishda davom eting.

    O‘tgan hafta ayollarimizning rasmiy bayrami (norasmiysi — har kuni) 8-mart kuni katta quvonchlar bilan bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqda bu haqda turli-tuman postlar va izohlar bitildi.

    Ko‘pchilikning diqqatini tortgan tabrik postlardan biri — o‘zbekistonlik talaba yordamida mashhur “Yuventus” futbolchisi Voysex Shchesni bizning ayollarni videotabriknoma orqali tabriklagan posti bo‘ldi.

    Facebook’ning BBC sahifasida yaxshi bir post e’lon qilindi, “Amerika qizi o‘zbek raqsini dunyoga tanitmoqda” nomli.

    Amerika qizi o‘zbek raqsini dunyoga tanitmoqda

    Kaliforniyada tug‘ilib o‘sgan Tara Pandeyaning O‘zbekistonga aftidan hech aloqasi yo‘q. Lekin bolaligidanoq u o‘zbek san’atiga oshiq bo‘lgan.

    Raqqosa ona va san’atsevar ota qo‘lida o‘sgan Tara Sharq madaniyati borasida G‘arbda mavjud bo‘lgan noto‘g‘ri qarashlarni yo‘q qilishni istaydi.

    U butun dunyo bo‘ylab o‘zbek va Markaziy Osiyo raqslarini ijro etish bilan birga Londondagi universitetda ilmiy ish ham olib bormoqda.

    Boburiylar tarixidan ilhomlangan Tara Hindiston saroylaridagi raqsning O‘zbekistonga qanday bog‘liqligi bo‘yicha ilmiy ishini yakuniga yetkazish arafasida.

    Tara Pandeya o‘zbek raqsini ijro etish bilan birga jahonga mashhur Cirque de Soleil sirkida ham raqqosa bo‘lib ishlagan va besh qit’ada tomosha bergan, deyiladi postda. Ushbu post raqqosa qizning o‘zbekcha raqslari videosi bilan joylangan. Ofarin, Taraxon!

    * * *

    Mashhur jurnalist Xayrulla Hamidov Facebook-sahifasiga odamni o‘yga chorlovchi maqola joyladi, u mingga yaqin like to‘pladi.

    Xayrulla Hamidov

    Orzular

    Yetti yoshimda otamdan “Qachon bizning ham Maykl Jeksonnikiday katta uyimiz bo‘ladi?” deb so‘rardim.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Otam menga qarab “Bu amalga oshmaydigan orzu”, derdi.

    Vaqtlar o‘tib, men hatto undan-da katta uyga ega bo‘ldim, biroq endi unda otam yo‘q edi.

    Shu payt “Katta uyim bo‘lmasa-da, qaniydi otam qaytib kelsa!” deya orzu qila boshladim.

    Pul bu hamma narsa degani emas ekan.

    Krishtianu Ronaldu

    Janubiy Koreyada yashaydigan bir yigit Facebook-sahifasiga Koreyadagi elektr muammosi qanday hal bo‘lgani haqida post yozib, bizning “Elektroset” rahbarlarimizga mahorat maktabi o‘tib berdi.
    Valijon Turakulov

    Universitet binomizda svet o‘chib qoldi... Tezda SMS keldi, nosozlik va u qachon bartaraf etilishi haqida.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Hozir chiqsam, KT (telekommunikatsiya kompaniyasi) katta batareykasini o‘rnatib ketibdi. Binoning tomida antennasi bor-da. Nima bo‘lsa ham kliyent yo‘qolmasin.

    * * *

    Achchiq haqiqat bitilgan yarim hazil, yarim chin postlardan biri.

    Hamza Jumayev

    Ahmoq bilan tortishayotganingda u ham xuddi shu ishni qilayotgan bo‘ladi.

    Telegram’ga o‘tamiz.

    Faol kanalllardan biri — @uztwit karikatura e’lon qildi. Unda xalq ta’limi tizimini isloh qilishdagi boshqa tashkilotlarning sovuqqonligi hajv ostiga olingan.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Ishla, o‘ngla, kerak bo‘lsa 25 soat ishla, qancha qarsak yoki tanqid kerak bo‘lsa mana biz turibmiz, hurmatli xalq ta’limi xodimlari, deb turgan mas’ullar bir surat ostida.

    * * *

    Yana bir kanal — @bugunning_gapi e’lon qilgan postda Prezidentning ism-sharifini olgan egizaklarga mashina berib, Prezident ism-sharifini olmagan uch egizak qizga bo‘layotgan e’tiborsizlik, shuningdek, bola parvarishi uchun berilayotgan nafaqa to‘lash tizimidagi korrupsiya holati haqida fikr yuritdi. Postni kanalga tashrif buyurib o‘qib chiqishingiz mumkin.

    * * *

    Telegram’dagi “Mutafakkir” kanalida yumoristik post e’lon qilindi. Postni to‘lig‘icha keltiramiz.

    Hazrat Navoiy shu zamonimizda yashab, “Xamsa”ni yozib internetga, Facebook’ka qo‘yganlarida nima bo‘lardi Taxminan shunday sharhlar yozilardi:

    Sayxun Sayyid: Alisher aka, uzr, asaringizni Yozuvchilar uyushmasi nasr kengashida muhokamadan o‘tkazmadim. Yaramaydi. Asaringiz milliylikdan yiroq.

    Shodi Xurram: Sayxun Sayyid, og‘zingizga qarab gapiring. Nima, siz bu bilan Alisher G‘iyosiddinovichni xashaki yozuvchi demoqchimisiz? Nimasi milliylikdan yiroq ekan? Tushuntirib bera olasizmi?

    Sayxun Sayyid: Shodi Xurram! Alisher akaga hurmatimiz bor, lekin bor gapni aytyapman. Birinchidan, muhtaram Prezidentimiz “zamonamiz qahramonlarini yaratinglar” dedilar. Alisher Navoiyning “Xamsa”sida birorta qahramon zamonamizga xos emas. Ikkinchidan, qahramonlar milliy emas.

    Gold Spiderman: To‘g‘ri etasiz. Nu bratan, Alisher aka, asarizda vapshe milliy geroy yo‘q. Naprimer, “Farhod va Shirin”da bosh qahramon Farhod xitoylik (Made in China, vax-xax-xa), takoy tyolkasi Shirin bo‘sa Armanistondan, “Layli va Majnun” olsak, bu sevishganlarni ikkalasiyam arab ekan.

    Sayxun Sayyid: “Saddi Iskandariy”dagi Iskandar ham bu yerlikmas.

    Gold Spiderman: “Sab’ayi Sayyor”dagi {rezident kim edi, persidskiy? Ha, Bahrom. Oka, Bahrom ham eronlik, bo‘ttanmas.

    Rassom Tuz: Xalq bir burda non g‘amida ochdan o‘layapti-yu, bu o‘zbek ziyolilari ertakka o‘xshagan narsa yozib yuribdi!

    Abu Fulon ibn Taptazon: Alisher aka! Taqsir, asaringiz shar’iy qoidalarga amal qilib yozilmagan. Ayrim joylarda shirk qilgansiz. Bunaqada kufrga tushib qolasiz. Maslahatim olib tashleng!

    Sarvar Salim: Abu Fulon ibn Taptazon! Avval o‘zing shunaqa asar yozib qo‘yginde keyin gapir!

    Abu Fulon ibn Taptazon: Man bu gapimni san ateistga aytmadim tushundingmi?!

    Max Fisher: Novvoy oka, asarizzi ssilka qivorin bizam o‘qiylu.

    Hamidbek Yusupov: “Novvoy oka”mas “Navoiy aka” bo‘ladi. Novvoy non yopadi-ku.

    Gulchiroy Gulmohim: Hamidbek og‘a, xapa bo‘meng, bularni hammasi “adno‘”chila-de...

    Max Fisher: Gulchiroy Gulmohim, sandan so‘ramadim, xo‘pmi? Man minnan o‘ynashma, o‘zingcha oppoqsande a? Jahlimni chiqarma, yo‘qsa anu kungi daryo bo‘yida tushgan rasmingni sho‘ttan qo‘yvoraman.

    Gulchiroy Gulmohim: Mani rasmim sanga qattan tushib qoldi? Beting qursin!

    Xudbinbek Janjalov: Boshlandi. 56 kalibrli qurol sotaman.

    Jentlmen Mister: Max Fisher! Qizbolaga bunaqa muomala qilib bo‘lmaydi.

    Max Fisher: Jentlmen Mister! Maqipti? Troll! Qizbolaligini tekshirib ko‘rdingmi?

    Gulchiroy Gulmohim: Max Fisher! Mana shu post egasi, tois shu “Xamsa”ni avtori Alisher Navoiy sanga o‘xshagan adno‘chilar haqida juda bilib yozgan-de. Ishqilib o‘sha tekstda “adno‘chilar eng past kishilar” degan. Kim o‘qigan shuni?

    Mirzo Qulqul: Nima degan shu yerdan qo‘yvoring, o‘qiylik.

    Bek Bek O‘ziga bek: Alisher oka uzr! Man vapshe chunmadim. Tog‘da yurgan Farhodda telpon bo‘lganida Shirinni ahvolidan xabardor bo‘p turardi SMS yozib. Oka, raz asarni yozarkansiz, Farhoddi qo‘liga iPhone bo‘lmasayam, mundayroq Nokia telpon tutqazib qo‘ymabsiz-de.

    Gold Spiderman: Manam chunmadim. Farhoddi sho‘piri boriydi-ku. O‘sha sho‘pirini jo‘natsa bo‘lardi.

    Hamidbek Yusupov: Sizlarni xatolaringizni to‘g‘rilab charchab ketdim. O‘sha “sho‘pir” Farhodning “sho‘piri”mas. Shopur ismli alohida qahramon-ku! Ismi — Shopur! Savod gullaganskiy!

    Bahor guli: Hamidbek og‘a! Xafa bo‘lmeng, savodlari g‘ovlab ketgan-da!

    Gold Spiderman: Bahor guli! Sandan hech kim so‘ramadi tushundingmi?

    Bahor guli: Mani sansirama! Onang tengi ayolman.

    Gold Spiderman: O‘ziz profilizga kichkina qizzi rasmini qo‘p qo‘yibsiz-ku!

    Bahor guli: U qizimmas, navaram, tushundingmi?!

    Dumbul Dumbul: Bu Alisher Navoiy deganini asarini o‘qimagan ekanman.

    Betman Betman: Manam o‘qimaganman.

    Tomoshabin Gaptopdiyev: Kaneshniy o‘qimaydi-da. Alisher aka! Asaringizda “so‘kong‘ich hokimlar” haqida yozseyiz hamma talashib o‘qiydi. Hozir shunaqasi mo‘da.

    Betman Betman: Klichkeyiz Novvoymidi. Ishqilib Alisher oka! Odamla hozir bunaqa asarga qiziqmiydi ishonovuring. Siz yaxshi blogersiz. Undan ko‘ra kim ishdan bo‘shadi, nima sababdan bo‘shatishdi, kim qaysi ishga o‘tti, ana shularni yozseyiz sizzi yaxshi o‘qishadi. Poydasi tegmasayam tog‘da yurgan cho‘ponam shunga qiziqadi.

    Maddoh Maddohjonov: To‘g‘ri.

    Alisher Navoiy: Voy-d-o-o-o-o-d!!!

    Bizni kuzatishda davom eting, dayjestlarimizni do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang.

    Isroil Tillaboyev tayyorladi.

    11.03.2019, 18:50   Izoh (0)   45624
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xalq ta’limi vazirligi Yunusoboddagi maktabning kiyim almashtirish xonasiga o‘rnatilgan kuzatuv kameralarini olib tashladi

    11.03.2019, 18:23

    Jizzaxda er rashk sababli xotinini o‘ldirdi

    11.03.2019, 18:12

    Uzcard kartochkalaridan valyuta yechib olish imkoniyati yaratiladi

    11.03.2019, 18:11

    Shavkat Mirziyoyev “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

    11.03.2019, 18:00

    O‘zbekistonda yuridik shaxslarga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni naqd pulda sotishiga ruxsat berildi

    11.03.2019, 17:40

    Toshkentning markaziy ko‘chalaridan biridagi transport harakatiga cheklov mart oyi oxiriga qadar uzaytirildi

    11.03.2019, 17:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.