Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Microsoft korporatsiyasi delegatsiyasi bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Uchrashuvda Markaziy va Sharqiy Yevropadagi Microsoft ta’limi tarmog‘i bilan ishlash rahbari Teodora Varbanova, Microsoft ta’limi tarmog‘i bilan ishlash rahbari Nurlan Jonibek va kompaniyaning Markaziy Osiyodagi rahbari Oleg Kuzmin ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida XTV va Microsoft o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, yoshlarning axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan IT-nation loyihasida ishtirok etishi muhokama etildi.

Microsoft vakillari tomonidan maktablarda Imagine Academy dasturini joriy etish taklifi berildi. Mazkur dastur axborot texnologiyalariga oid turli o‘quv dasturlarini taqdim etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi