9-mart, shanba kuni “Barselona” futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 27-turi doirasida “Rayo Valyekano”ga qarshi kechgan bahsda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi (3:1).
Jamoa kecha “Rayo Valyekano”ga qarshi o‘yinda hisobda ortda borayotganiga qaramay, yakunda g‘alabani o‘ziniki qildi. Shu tariqa kataloniyaliklar Top-5 chempionatlardagi jamoalar orasida hisobda ortda qolib, eng ko‘p ochkoni (20 ochko) qo‘lga kiritgan klub bo‘ldi, deb xabar berdi Opta nashri.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining 27-turidan so‘ng “ko‘k-anor ranglilar” 63 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni “Atletiko Madrid” (56 ochko) hamda “Real Madrid” (48 ochko) klublari egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Madridning “Real” klubi bugun safarda “Valyadolid”ga qarshi maydonga tushadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)