Ba’zi shaharlarda 1 yevro evaziga ham uy olsa bo‘ladi, ba’zilarida esa tekinga ham. Sababi — aholisi kamayib borayotgan shaharlar butunlay tashlandiq joyga aylanib qolishining oldini olish. AdMe ana shunday shaharlar haqida ma’lumot berdi.
Kandela, Italiya
Agar 1 yevro evaziga uy olishga shubha qilsangiz, shuni bilingki, Kandelaga ko‘chib o‘tishingiz uchun hukumat rasmiylari 2 ming yevro ham to‘laydi.Buffalo, AQSh
Bu yerdan esa 1 dollar evaziga uy olsa bo‘ladi.
Okutama, Yaponiya
Faqat bu yerdan uy olish uchun 43 yoshdan oshmagan bo‘lish kerak. Yana bu yerda eng kamida 22 yil yashash ham majburiy.
Sambuka, Italiya
1 yevro evaziga uy sotiladi.
Rube, Fransiya
1 yevro evaziga uy sotib olib, eng kamida 5 yil yashash kerak.
Detroyt, AQSh
Ishsizlik, inqiroz va jinoyat avj olgan shaharga odamlarni jalb qilish uchun uylar arzonga berib yuborilmoqda.
Liverpul, Buyuk Britaniya
1 funt sterling evaziga sotiladigan uyni olish uchun siz undan oldin ham Liverpulda yashayotgan bo‘lishingiz kerak.
Tokio, Yaponiya
Uylar hatto bepul ham beriladi, ammo yaponlarga kerak emas. Turli irim-sirimlar sabab, avval baxtsizlik bo‘lgan uyni yaponlar tekinga ham olmaydi.
Izoh (0)