Samarqand viloyati hokimi: Bosh arxitektor Norqul Sodiqov o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi
Samarqand viloyati arxitektura va qurilish Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, viloyat bosh arxitektori Norqul Sodiqov o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Avvalroq Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari Bobur Elmurodov Samarqand viloyat bosh arxitektori lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar