• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Olis ekzosayyorada hayot mavjud (shekilli)

    Albatta, bu astrofiziklarning taxminlari xolos. Odatda bunday faraz muayyan samoviy hodisa uchun eng oxirgi o‘rinda qaraladi (ya’ni buning haqiqat bo‘lib chiqish ehtimoli favqulodda juda past). Lekin “Kepler” fazoviy teleskopi tomonidan kashf etilgan va qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan, KIC8462852 shartli nomiga ega yulduz yaqinida ongli mavjudotlar yashashi mumkin bo‘lgan sayyora borligi gumon qilinmoqda. “Daryo” kolumnisti Muzaffar Qosimov shu haqda hikoya qiladi.

    Foto: The Verge

    Foto: The Verge

    KIC8462852 yulduzi fanda “Tabbi yulduzi” ham deyiladi. U bizdan 1480 yorug‘lik yili masofada, Oqqush yulduz turkumida joylashgan. Bu yulduz yorqinligining davriy notekis xiralashuvi uning yaqinida aylanuvchi yirik sayyora borligiga ishora qiladi.

    “Kepler” teleskopining asl maqsadi ham aslida yulduzlar yorqinligining davriy xiralashuviga asoslanib, uning yaqinida sayyora mavjudligini aniqlashdan iborat. Bu usul fanda “tranzit usuli” deyiladi. Yulduz ro‘parasidan uning sayyoralari o‘tayotganda ushbu sayyora o‘z tanasi bilan bizdan yulduzni qisman yoki to‘liq to‘sib qo‘yadi. Tabiiyki, bundan o‘sha yulduzning ko‘rinishi xiralashadi. Ushbu xiralashish muayyan davriy takrorlanishini tahlil qilish asnosida uning yaqinida qanday sayyora mavjudligini, uning o‘lchamlari va massasi singari parametrlarini aniqlash mumkin bo‘ladi. Boshqa yulduzlar yaqinida aniqlangan sayyoralar “ekzosayyoralar” deyiladi. Albatta, “Kepler” bunday sayyora va yulduzlardan bir necha mingtasini aniqlagan va ulardan birortasida hozircha ongli mavjudotlar bo‘lishi mumkinligi haqida shov-shuvli xabar tarqalmagan edi. Unda Tabbi yulduzi yoki KIC8462852 ning qolganlardan nima farqli jihati borki, havaskor astronomlar tugul, hatto astrofizik olimlar ham bu yulduz yaqinida texnologik rivojlangan sivilizatsiya bo‘lishi ehtimoli haqida gapirib qolishdi? Axir bunday ehtimol barcha variantlar ichida eng oxirgi bo‘lib ko‘rib chiqilishi yuqorida aytildi.

    Gap shundaki, KIC8462852 ning davriy xiralashuvi birmuncha notekis bo‘lib, uning yorqinligi 80 foizgacha pasayib, keyingi davr mobaynida shu holat takrorlandi. Bu pasayish nochiziqli bo‘lib, ba’zan besh kun, ba’zan 80 kun davom etgan. Bu qiziq jihatga ilk bora 2011-yilda havaskor astronomlar e’tibor qaratgan edi. O‘shanda bu narsa teleskopning texnik nuqsoni ta’siri bo‘lishi ehtimolini istisno qiluvchi barcha tahlillar o‘tkazilgach, bu nochiziqli xiralashuv muayyan qonuniyatga bo‘ysunayotganini va qandaydir tasodifiy hodisa emasligini bilib olingan. Shundan so‘ng KIC8462852  yulduziga bo‘lgan qiziqish keskin ortdi. Havaskor astronomlar maxsus xayriya aksiyasi o‘tkazib, 100 ming dollarga yaqin mablag‘ to‘pladi va “Kepler” teleskopidan ko‘proq ushbu yulduz tasvirlarini olishiga erishdi. O‘shanda KIC8462852 yulduzi o‘zini g‘alati tutayotgani haqida matbuotda ham ilk maqolalar paydo bo‘la boshladi. Bunday maqolalardan eng birinchisining muallifi Tabeta Boyajan ismli astrofizik ayol bo‘lgani sababli keyinchalik OAVda ushbu yulduzning KIC8462852 nomi o‘rniga o‘sha muallif ismi bilan oddiygina Tabbi yulduzi deb yuritila boshladi.

    Demak, xiralashuvning nochiziqli xarakteri Tabbi yulduzi yaqinida juda ko‘p sondagi, bir-biriga juda zich va yaqin joylashgan obyektlar mavjudligiga ishora qilmoqda. Bunday holat yosh yulduzlar yaqinida kuzatiladigan odatiy holat. Yosh yulduzlar yaqinida ulkan miqdorda kosmik chang mavjud bo‘ladi va o‘sha changdan asta-sekinlik bilan yirik obyektlar, xususan, sayyoralar shakllanadi. Lekin Tabbi yulduzi yosh yulduz emas.

    Unda bu yulduzga o‘ta zich o‘zaro yaqinlikda joylashgan obyektlar galasi nimadan iborat ekan? Astrofiziklar qarshisida yana bir necha taxminlar mavjud. Xususan, bu yulduz atrofini qurshab olgan son-sanoqsiz asteroidlardan iborat belbog‘ yoki o‘sha yaqin oradagi ikkita yirik sayyora to‘qnashuvidan qolgan qoldiq jismlar to‘dasi singari gipotezalar shular jumlasidandir. Lekin tahlillar ushbu gipotezalarni ham istisno qilishni talab etmoqda va haqiqatan ham Tabbi yulduzi yaqinida asteroidlar halqasi bo‘lishi yoki sayyoralar to‘qnashuvi sodir bo‘lgani ehtimoli yo‘q darajada past (chunki sayyoralar to‘qnashuvi yulduz evolyutsiyasining ilk bosqichlarida ro‘y beradi; aytganimizdek, Tabbi yulduzi bu bosqichdan allaqachon o‘tib bo‘lgan, ya’ni u yosh yulduz emas). Hozirda Tabbi yulduzi o‘zini bu qadar g‘alati tutishini asoslovchi nisbatan ishonarli omillardan biri sifatida uning yaqinida ko‘p miqdorda kometalar aylanayotganligi haqidagi taxmin asosiy o‘ringa chiqqan. Astrofiziklar ushbu yulduzni butun boshli kometalar qo‘shini qurshab olgan bo‘lsa kerak, degan fikrga bormoqda.

    Tabeta Boyajyan KIC8462852 ning bunday g‘ayrioddiy miltillashiga yana bir sabab sifatida uning yaqinida texnologik yuksak rivojlangan sivilizatsiya mavjud bo‘lishi ehtimolini ham ko‘rsatib o‘tgan. Albatta, yana bir bora takrorlashdan charchamaymizki, bu eng oxirgi bo‘lib ko‘rib chiqiladigan, ehtimoli ham eng past taxmindir. Lekin Tabbi yulduzi ushbu taxminga ham navbat qoldirmoqdaki, olimlarning fikricha, o‘sha qandaydir yuksak texnologik rivojlangan sivilizatsiya o‘z yulduzi atrofiga uning energiyasini yig‘ib olishga mo‘ljallangan ulkan fazoviy kollektorlar chiqargan bo‘lishi mumkin emish.

    Hozirda olimlar SETI loyihasini aynan Tabbi yulduzini sinchiklab maxsus o‘rganishga yo‘naltirish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. SETI — Search for Extraterrestrial Intelligence so‘zidan yasalgan abbreviatura bo‘lib, Yerdan tashqaridagi ongli mavjudotlarni qidirish loyihasidir. 1961-yilda ishga tushirilgan bu loyihaning maqsadi o‘sha Yerdan tashqaridagi ongli mavjudotlarning radiosignallarini yoki lazer signallarini tutish va shu orqali ularning mavjudligini aniqlashdir. Ushbu loyiha doirasida astronomlar Yer sharining turli nuqtalaridagi rasadxonalarda ulkan radioteleskoplarni o‘rnatib, koinotga qaratib qo‘ygan va 1961-yildan beri, ya’ni mana 58 yildirki, o‘zga sayyoraliklardan xabar kutyapti. Boyajan ilmiy guruhi endi SETI radioteleskoplari orqali Tabbi yulduzi tarafdan texnologik faoliyatga aloqador radioto‘lqinlarni tutishni maqsad qilgan. Agar bunday radioto‘lqinlar haqiqatan ham tutilsa va ularning chastotasi rivojlangan sivilizatsiya faoliyatiga ishora qilsa, keyinroq astrofizika jamiyati dunyodagi eng katta teleskoplarni, xususan, Very Large Array teleskopini unga yo‘naltirishmoqchi.

    04.03.2019, 18:37   Izoh (0)   37858
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.