Jazoir prezidenti Abdulaziz Buteflika og‘ir ahvolda. U Jenevadagi (Shveysariya) universitet klinikasining shoshilinch davolash bo‘limiga joylashtirildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.
Prezident joylashtirilgan qavat qattiq qo‘riqlanmoqda. Yaqindagina 82 yoshga to‘lgan Buteflika 18-aprelda bo‘lishi kutilayotgan prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ygan. Agar u saylovda g‘alaba qozonsa, bu uning ketma-ket beshinchi bor prezidentlik lavozimiga saylanishi bo‘ladi.
1-mart kuni kechasi o‘n minglab odamlar ko‘chaga chiqib, Jazoirga qarshi namoyish aksiyalarini uyushtirgan. Ayniqsa poytaxtda ular avjiga chiqqani uchun politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ishlatishga majbur bo‘lgan. Aksiya ishtirokchilari, o‘z navbatida, politsiyaga qarata tosh otgan. O‘n kishi jarohatlangan, qirq besh kishi qo‘lga olingan.
2013-yilda Buteflika kichik insultni boshidan kechirgach, Fransiyadagi kasalxonada bir necha hafta davolangan.
2012-yilda esa prezident og‘ir insultdan aziyat chekkan. Shundan beri u ommaga juda kam ko‘rinar edi va nogironlar aravachasida yurar edi.
2019-yil 2-mart kuni shifokorlar uni sun’iy koma holatiga tushirgan.
Abdulaziz Buteflika arab dunyosi va Afrikadagi eng tajribali siyostachilardan biri hisoblanadi. U ish faoliyatini 1960-yillarda boshlagan. 26 yoshida Jazoir TIVga rahbar etib tayinlangan va 15 yil shu lavozimda ishlagan. 1999-yil u ilk bor mamlakat prezidenti etib saylangan.