Qozog‘istonlik Anara Omarxan mana yetti oydirki Dubayda yashaydi va uslubchi bo‘lib faoliyat yuritadi, deya xabar beradi “Nur.kz”.
Amirliklarga u sevgan insoni sababli ko‘chib o‘tgan qiz bugun u bilan aloqalari uzilganini aytadi.
Ammo qiz juda omadli karyera boshladi, hatto ijtimoiy tarmoqlarda 6,5 million obunachiga ega bo‘lgan Gollivud yulduzining stilisti ham bo‘ldi.
Anaraning birinchi ma’lumoti —moda olamidan emas. U Angliyada “moliyachi” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan.
Ostonaga qaytgach qiz milliy kompaniyada faoliyat boshladi, ammo keyin Qozog‘iston baholash kompaniyasining hamkori bo‘ldi.
Anaraning eng katta orzusi o‘zini moda olamiga bag‘ishlash edi.
“Mening ichimda doim o‘zimni modaga bag‘ishlash istagi bo‘lgan, sababi barcha yaqinlarim mendan bu borada maslahat olardi. Shu sababli Angliyada ekanligimda London College of Fashion’da imij-maslahatchi va dizayner yo‘nalishida tahsil oldim”, — deydi qiz.
Sevgan insoni bilan ayrilib ketgan bo‘lsa-da, u Dubayga ko‘chib o‘tganidan mutlaqo afsuslanmaydi.
Kunlarning birida unga Gollivud yulduzining stilisti bo‘lish to‘g‘risida taklif kelib tushgan.
U Nargiz Fahriy edi.
“Uning Instagramda 6,5 million kuzatuvchilari bor, ular orasida Peris Xilton ham. Kasting haqida bilib men rezyume topshirdim va o‘tdim. Bu tajriba uchun ajoyib imkoniyat edi. To‘rt kun uchun 10 ta obraz topdim, yirik brendlar bilan kelishuv imzoladim. Bu juda uzoq jarayon edi, ammo buning natijasida menga katta imkoniyatlar eshigi ochildi”, —deydi Anara.
Izoh (0)