Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

20-fevral oqshomida Katta Hirmontepa mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolarning shikoyatlariga javoban Chilonzor tumani Ichki ishlar boshqarmasining profilaktika inspektori yetib kelgan, deya xabar beradi IIBB matbuot xizmati.

Foto: IIBB matbuot xizmati

Foto: IIBB matbuot xizmati

Aholi qo‘shni uyda ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ishchilar ustidan shikoyat qilib, ular tomonidan qurilish chiqindilari o‘z vaqtida tozalanmay, mahalliy hudud ifloslantirayotgani aytilgan. Ilgari profilaktika inspektori bir necha bor ishchilarni tozalik va sanitariya tartibiga rioya qilmaganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirgan edi.

Biroq Surxondaryo viloyati fuqarolari bo‘lgan 32 yoshli Alisher H. va 26 yoshli Abdullaxon H. xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgan. Hozirda ular hibsga olingan.

Ayni damda holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismida ko‘zda tutilgan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda