Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Isroil va AQShning harakatlari Yaqin Sharqda urushga olib kelayotganligini ma’lum qildi. TIV rahbari bu haqda 17-fevral, yakshanba kuni Myunxendagi xavfsizlik bo‘yicha konferensiyada ma’lum qildi, deb yozadi Reuters.
“Albatta, ba’zi odamlar urushga intilmoqda… Isroil”, — dedi Zarif.
U Isroilni Suriyadagi bombardimonlar uchun xalqaro huquqni buzishda aybladi va Yevropani harakatsizligi uchun tanqid qildi. “Urushning yuzaga kelish xavfi yuqori. Xalqaro huquqning buzilishiga ko‘z yumishda davom etsangiz bu tahdid yanada oshadi”, — dedi vazir.
Eron TIV rahbari fikricha, AQSh ham Isroil kabi xalqaro huquqni buzmoqda.
Izoh (0)